DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/664 ISSN:

O‘QISH SAVODXONLIGI ONA TILI DARSLARINING ASOSIY MAQSADI SIFATIDA

Ergasheva Dilnoza Dilmurotovna

Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning qay darajada shakllanganligi, uni hayotga tadbiq etishga tayyorgarlik darjasini aniqlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. O‘qish savodxonli aynan ona tili darslarimizning asosiy maqsadidir. Chunki savodxon o‘quvchi har sohada muvaffaqiyatga erisha oladi hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladi. Bu jarayonning qay tarzda amalga oshirilayotganligi sinov orqali tekshiriladi. Aynan, PISA tadqiqotlari bilimlarni sinovdan o‘tkazish va taqqoslashga imkoniyat yaratadi.

More from our Archive