DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/198 ISSN:

OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA RAQAMLI MARKETING FAOLIYATINI BOSHQARISHDA XORIJIY OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TAJRIBALARI

Xakimov Ziyodulla Axmadovich, Abdusalomova Madinabonu Murodjon qizi

Mazkur tadqiqotda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida raqamli marketing faoliyatini boshqarish tajribalari tahlil qilindi. Tadqiqotda universitetlarning ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, qidiruv tizimlari va kontent marketingi vositalaridan foydalanish amaliyoti qiyosiy oʻrganildi. Amerika, Yevropa va Lotin Amerikasi universitetlari misolida kommunikatsiya strategiyalari, auditoriya bilan muloqot darajasi hamda kontent boshqaruvi xususiyatlari baholandi. Tahlil natijalari raqamli marketing samaradorligi sifatli kontent, muntazam kommunikatsiya va auditoriya bilan dialogik aloqalarga bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari milliy oliy taʼlim muassasalarida raqamli marketingni takomillashtirish va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish uchun amaliy ahamiyat kasb etdi.

More from our Archive