DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/519 ISSN:

OʻZBEK TILIDA TURGʻUN OʻXSHATISHLAR SEMANTIKASI

Nuriniso Xoliqova

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlarning semantik xususiyatlari, ularning milliy-madaniy va kognitiv asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turg‘un o‘xshatishlarning xalq tafakkuri, dunyoqarashi va estetik qarashlarini ifodalovchi muhim til birliklari sifatidagi o‘rni yoritilgan. Ushbu birliklarning insonning tashqi ko‘rinishi, jismoniy holati, ruhiy kechinmalari va axloqiy sifatlarini obrazli ifodalashdagi imkoniyatlari misollar asosida ochib beriladi. Maqolada turg‘un o‘xshatishlarning baholovchi, emotsional-ekspressiv va pragmatik xususiyatlari, shuningdek, ularning badiiy hamda og‘zaki nutqdagi funksional-uslubiy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan turg‘un o‘xshatishlar xalqning konseptual tafakkuri va madaniy kodlarini aks ettiruvchi vosita sifatida baholanadi. Shuningdek, maqolada turg‘un o‘xshatishlarning tarixiy taraqqiyoti, grammatik shakllanishi, diskursdagi faollashuvi hamda zamonaviy nutqdagi semantik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turg‘un o‘xshatishlar nafaqat tilning obrazlilik va ifodaviylik imkoniyatlarini kengaytiradi, balki o‘zbek xalqining milliy mentaliteti, qadriyatlari va madaniy tajribasini aks ettiruvchi muhim lingvistik birlik hisoblanadi.

More from our Archive