DOI: 10.70413/ln-v01-i01-a9202 ISSN:

NOSTALGIK LEKSIK BIRLIKLARDA MILLIY MENTALITET VA MADANIY XOTIRA IFODASI

Rushana Ximoyiddin qizi Xayitova

Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi nostalgik leksik birliklar orqali milliy mentalitet hamda madaniy xotiraning ifodalanish xususiyatlari o‘rganiladi. Nostalgiya faqat o‘tmishga nisbatan individual sog‘inchni emas, balki muayyan jamiyatning qadriyatlari, urf-odatlari, turmush tarzi va tarixiy tajribasi bilan bog‘liq jamoaviy tasavvurlarni ham aks ettiradi. Tadqiqotda “hovli”, “mahalla”, “dasturxon”, “choyxona”, “bolalik”, “vatan” kabi o‘zbekcha birliklar hamda “childhood home”, “old neighbourhood”, “family dinners”, “school days”, “homecoming” kabi inglizcha birliklar semantik va lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Tavsifiy, kontekstual, semantik va qiyosiy tahlil usullari asosida nostalgik birliklarning madaniy xotirani faollashtirish, milliy o‘zlikni mustahkamlash va avlodlar tajribasini til orqali uzatishdagi vazifalari yoritiladi. Tahlil natijalari nostalgiya ifodalarini muayyan millatga xos yagona xususiyat sifatida emas, balki umumiy insoniy kechinmalar hamda madaniy jihatdan shakllangan mazmunning o‘zaro ta’siri sifatida talqin qilish zarurligini ko‘rsatadi.

More from our Archive