DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/569 ISSN:
NOSIR AL-MUTARRIZIY VA IBN AJRUMNING ARAB NAHV ILMI RIVOJIDAGI O‘RNI: ILMIY MEROS VA TA’LIMIY YONDASHUVLAR QIYOSIY TAHLILI
Alimova Muslimabonu Abduvorisovna, Raxmonov Azimjon KomilovichMazkur maqolada arab tilshunosligining ikki yirik vakili – Nosir al-Mutarriziy va Ibn Ajrumning nahv ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda al-Mutarriziyning “Risalatun fi-n-nahv” asari hamda Ibn Ajrumning “Al-Muqaddima al-Ajrumiyya” asari ilmiy va didaktik xususiyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shuningdek, ularning grammatik masalalarni yoritish uslubi, nahv terminologiyasidan foydalanish tamoyillari va arab tili ta'limidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida har ikki olimning arab nahv ilmi taraqqiyotidagi o‘ziga xos o‘rni yoritilib, ularning ilmiy merosidan zamonaviy arab tilini o‘qitishda foydalanish imkoniyatlari asoslab beriladi.