DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/502 ISSN:

NODIRA LIRIKASIDA QOFIYA TIZIMINING KOMPOZITSIYAVIY STRUKTURASI

Mehrinigor G‘ovsiddinova

Mazkur maqolada Mohlaroyim Nodira g‘azallarida qofiya tizimining kompozitsiyaviy funksiyalari va badiiy-estetik xususiyatlari tadqiq etilgan. Shoira lirikasida qofiya va radifning g‘azal kompozitsiyasini shakllantirish, mazmuniy yaxlitlikni ta’minlash hamda lirik qahramon ruhiy kechinmalarini izchil ifodalashdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oddiy, murakkab, ichki, tajnisli va radifli qofiya turlarining poetik imkoniyatlari yoritilib, ularning g‘azalning musiqiyligi, semantik rivoji va hissiy ta’sirchanligini kuchaytirishdagi vazifalari misollar asosida ochib beriladi. Shuningdek, qofiyaning matla’dan maqta’gacha bo‘lgan kompozitsion harakatni tashkil etish, baytlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni mustahkamlash hamda g‘oyaviy xulosani ifodalashdagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijasida Nodira lirikasida qofiya tizimi nafaqat shakliy unsur, balki g‘azalning badiiy mukammalligi va kompozitsion yaxlitligini ta’minlovchi muhim poetik vosita ekanligi xulosalanadi.

More from our Archive