DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/541 ISSN:

MOVAROUNNAHR ALLOMALARI VA ARAB TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI

Abbosxo‘jayeva Mubinaxon, Raxmonov Azimjon Komilovich

Maqolada Movarounnahr allomalari arab tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Hududning tarixiy-madaniy konteksti, IX–XII asrlarda Movarounnahr ilmiy markazining ahamiyati, shuningdek, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Muin Nasafiy kabi mashhur olimlarning faoliyati ko‘rib chiqiladi. Maxsus e’tibor arab tili grammatikasi, morfologiyasi, lug‘atshunoslik va balog‘at bo‘yicha olib borilgan izlanishlarga qaratilgan. Tadqiqot Movarounnahr allomalari merosining hozirgi arab tili, filologiya, islomshunoslik va sharqshunoslik sohalaridagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqola arab tilining ilmiy til sifatida shakllanishi va hududdagi ilmfan va madaniyat taraqqiyotiga ta’sirini yoritadi.

More from our Archive