DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/603 ISSN:

MISR YOZUVCHISI NAJIB MAHFUZ ROMANLARIDA IJTIMOIY REALIZM MASALALARI

Farhodova Surayyo Ravshanbek qizi, Rahimjanov Masrur Nugmanovich

Mazkur maqola 1988-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi arab adibi Najib Mahfuzning ijodida "ijtimoiy realizm" bosqichining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etadi. Maqolada yozuvchining mashhur "Qohira trilogiyasi" ("Bayn al-Qasrayn", "Qasr ash-Shavq", "AsSukkariya") hamda "Midaq ko‘chasi" romanlari tahlilga tortilgan. Tadqiqot markazida XX asr o‘rtalaridagi Misr jamiyatining tabaqalanishi, patriarxal oila inqirozi, urush davri qiyinchiliklari va o‘rta sinf (burjuaziya) vakillarining ijtimoiysiyosiy qarashlaridagi transformatsiyalar turadi. Mahfuzning Qohira shahar hayotini (urbanistik tasvir) batafsil yoritish orqali millat tarixini badiiy hujjatlashtirgani ilmiy asoslab beriladi.

More from our Archive