DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/97 ISSN:

MINTAQAVIY RIVOJLANISH NAZARIYALARINING EVOLYUTSIYASI VA ZAMONAVIY KOʻP OʻLCHOVLI YONDASHUVLAR

Karimova Shirin Zoxid qizi

Ushbu tezis ishida mintaqaviy rivojlanish nazariyalarining tarixiy evolyutsiyasi tahlil qilinib, ularning zamonaviy koʻp oʻlchovli (multidimensional) yondashuvga oʻtish jarayoni yoritiladi. Harrod–Domar va Solow kabi klassik oʻsish modellari, endogen oʻsish va innovatsion tizimlar konsepsiyalari hamda XXI asrda shakllangan bottom-up va desentralizatsiya tamoyillari oʻrtasidagi konseptual farqlar koʻrib chiqiladi. Ishda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari, OECD va World Bankning hududiy siyosatga oid nuqtai nazarlari misolida mintaqaviy siyosatning amaliy maqsadlari — ijtimoiy inklyuziya, raqamli transformatsiya va institutlar samaradorligini oshirish — tasdiqlanadi. Oʻzbekiston misolida reyting asosidagi baholash tizimi, desentralizatsiya va raqamli monitoring vositalarining hududiy siyosatdagi roli konseptual model orqali taklif etiladi. Tezis mamlakat siyosatini maʼlumotlarga asoslangan (data-driven) boshqaruv orqali mintaqaviy tafovutlarni kamaytirishga yoʻnaltirishni tavsiya etadi.

More from our Archive