DOI: 10.70413/cajar-v04-i10-a9585 ISSN: 3030-3397
MILLIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA ILMIY TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
O‘G‘ILOY ESHQUL QIZI ISROILOVAMazkur maqolada milliy qadriyatlarni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari, ularning tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanishi, avlodlar o‘rtasida uzatilishi hamda zamonaviy ijtimoiy munosabatlar tizimida namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarni o‘rganish uchun kompleks metodologik yondashuv, bosqichma-bosqich amaliy tadqiqot modeli va natijalarni baholash mezonlariga doir takliflar ishlab chiqiladi.