MIKROBIOLOGIK TEKSHIRUVLAR NA- TIJALARINI TALQIN QILISHDA SUN’IY INTEL- LEKTNING ROLI
Xujaeva Shaxnoz AbsamatovnaHozirgi paytda zamonaviy mikrobiologiya raqamli transformatsiya bosqichini boshdan kechirmoqda, ushbu transformatsiya asosini sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari tashkil etadi. Mashinali hamda chuqur o‘rganish usullarini qo‘llash mikrobiologik ma’lumotlarni - tasvirlar va spektrlardan tortib, to genom ketma-ketliklar va metagenom profillargacha bo‘lgan ma’lumotlar interpretatsiyasini avtomatlashtirish imkonini beradi. Maqolada mikrobiologik tadqiqotlarda sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari: mikroorganizmlarni aniqlash, mikroblarga qarshi chidamlilikni bashorat qilish, metagenom ma’lumotlarni tahlil qilish va multiom axborot manbalarini integratsiyalash ko‘rib chiqilgan. Ma’lumotlar sifati, modellarni talqin qilish, axloqiy va me’yoriy jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Klinik mikrobiologiyaga sun’iy intellektni muvaffaqiyatli joriy etish ma’lumotlarni standartlashtirish, algoritmlarning shaffofligi va natijalarning ko‘p markazli tasdiqlashni talab qilishi ko‘rsatilgan.