MAMLAKATNI YASHIL IQTISODIY SHAROITIDA TEMIR YO‘L SANOATI KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Abirova Nargizabonu Shavkatbek qiziUshbu maqolada yashil iqtisodiy rivojlanish sharoitida temir yo‘l sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Mamlakatda ekologik barqarorlik talablari keskin kuchayib borayotgan bir paytda temir yo‘l transporti uglerod izini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ekologik xavfsiz logistika zanjirlarini shakllantirishda strategik sektor sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda mavjud ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari har yili o‘zgaruvchan ekologik, texnologik va bozor omillari bilan uzviy bog‘liq holda baholanadi. Natijalar sanoatning yashil transformatsiyaga moslashuvi, energiya samaradorligini oshirish, raqamli boshqaruv tizimlarini integratsiya qilish va innovatsion texnologiyalar asosida korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yo‘llarini ko‘rsatadi.