DOI: 10.70413/ejep-v04-i02-a8624 ISSN: 3030-3389

MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Jasur Saidovich Saidov

Maqolada malaka oshirish kurslari tinglovchilarining sun’iy intellekt texnologiyalaridan kasbiy-pedagogik faoliyatda ongli, maqsadli va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini masofaviy ta’lim sharoitida rivojlantirish masalasi nazariy-metodik jihatdan tadqiq etiladi. Ilmiy adabiyotlar va xalqaro kompetensiya yondashuvlari qiyosiy tahlili asosida ko‘nikmaning tarkibiy qismlari aniqlashtiriladi, pedagogik shart-sharoitlar tizimi taklif qilinadi. Taklif etilgan tizim motivatsion-maqsadli yo‘naltirish, mazmunni kasbiy vazifalarga moslashtirish, faol-amaliy o‘qitish, texnologik-metodik qo‘llab-quvvatlash, axloqiy-xavfsizlik tamoyillari va refleksiv baholashning o‘zaro aloqadorligini nazarda tutadi. Maqoladagi natijalar konseptual xarakterga ega bo‘lib, ularning samaradorligi keyingi empirik tadqiqotlarda tekshirilishi lozim.

More from our Archive