DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/504 ISSN:

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY IJODIDA AYOL OBRAZI

Mohinur Xo‘jamuratova

Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodida ayol obrazi va gender tenglik masalasining badiiy hamda publitsistik talqini tahlil etilgan. Jadidchilik harakatining yetakchi namoyandasi sifatida Behbudiyning ayolni jamiyat taraqqiyoti, millat ravnaqi va ma’rifatning asosiy omillaridan biri sifatida talqin etishi ilmiy jihatdan yoritiladi. Xususan, “Padarkush” dramasi hamda adibning publitsistik maqolalari misolida ayollarning ilm olishi, huquq va erkinliklari, oiladagi tarbiyaviy o‘rni hamda ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq g‘oyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayolning ona, tarbiyachi va jamiyatning faol a’zosi sifatidagi badiiy obrazi ochib berilib, uning huquqsizligi va savodsizligi jamiyat tanazzuliga olib keluvchi omillardan biri sifatida baholanadi. Shuningdek, Behbudiyning ayol masalasiga oid qarashlari keyingi jadid adiblari ijodiga ko‘rsatgan ta’siri ham yoritiladi. Tadqiqot natijasida Behbudiy ayolni ma’rifatli va ongli shaxs sifatida tarbiyalash orqali milliy taraqqiyotga erishish mumkinligini ilgari surgan ilg‘or mutafakkir ekanligi xulosalanadi.

More from our Archive