DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/500 ISSN:

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ADABIY-TANQIDIY IJODINING O‘RGANILISHI

Muhabbat Po‘latova

Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning adabiy-tanqidiy merosi hamda uning o‘zbek adabiyoti va jadidchilik harakati taraqqiyotidagi o‘rni tahlil etilgan. Muallif Behbudiyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy uyg‘onish jarayonidagi faoliyati hamda dramaturgiya va adabiy tanqid sohalariga qo‘shgan hissasini yoritadi. Shuningdek, uning adabiy-tanqidiy qarashlari jamiyat taraqqiyoti, milliy ong, ma’naviyat va madaniyat rivoji bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Behbudiy ijodining jadid adabiyoti shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri, uning zamondosh ijodkorlar faoliyatidagi o‘rni hamda adabiy-estetik qarashlarining bugungi ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada adibning adabiy-tanqidiy asarlarini chuqur o‘rganish zarurati asoslanib, ularning o‘zbek adabiyotshunosligi rivojidagi ilmiy va ma’naviy ahamiyati xulosalanadi.

More from our Archive