DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a8648 ISSN: 3030-3559
KREATIV PEDAGOGIKANING TARIXIY RIVOJLANISHI VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Maxliyo Asliddin qizi XusanovaMaqolada kreativ pedagogikaning shakllanish bosqichlari – L.S. Vigotskiyning bolalar tasavvuri haqidagi qarashlaridan tortib J. Gilford, E.P. Torrens ishlari va zamonaviy “mini-c” konsepsiyasigacha bo‘lgan yo‘l tahlil qilinadi. Xalqaro tadqiqotlar, jumladan PISA 2022 ijodiy fikrlash natijalari va kreativ o‘quv muhiti bo‘yicha tizimli sharh asosida boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirish shart-sharoitlari aniqlanadi. Ona tili, matematika, tabiiy fanlar va tasviriy san’at darslari misolida amaliy yondashuvlar taklif etiladi, O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi.