DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/86 ISSN:
KORXONALARDA INKLUZIV KORPORATIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH: “SAFIA” QANDOLAT UYI MISOLIDA
Jumayeva Muxlisa Abdug‘ani qiziUshbu maqola O‘zbekiston korxonalarida zamonaviy inkluziv korporativ madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb jihatlari, menejmentda inkluzivlik tamoyillarining joriy qilinishi va bu boradagi real amaliy tajriba sifatida “Sofiya Qandolat” MCHJning faoliyati tahliliga bag‘ishlangan. Inkluziv korporativ madaniyatni shakllantirishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat bozoriga jalb etilishi, ularning ijtimoiy va kasbiy integratsiyasi, boshqaruv va ijtimoiy psixologik yordam tizimlari asosiy o‘rinni egallaydi. Maqolada ushbu yo‘nalishlar kompaniya misolida izchil o‘rganilib, ularning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi ochib beriladi.