KOBAVITNING MONOKSIGENAZ TIZIMI FAOLIYATIGA TA'SIRI Djanayev G‘.Yu., 1Hakimоv Z.Z., 2Mustanov T.B., 1Azimov J.Sh.,
Jamoliddinova L.JBachadon miomasi uchun konservativ terapiyaning еtarli samaradorlikka ega emasligi inobatga olingan holda, Kobavit preparatidan foydalanilgan holda bachadon miomasini jarrohliksiz davolashga urinish amalga oshirildi. Shu bilan birga, jigar mono-oksigenaza tizimining (MOS) detoksikatsiya salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot tasdiqlangan bachadon miomasi tashxisiga ega 33 nafar bemorda o‘tkazildi. Ular 2 guruhga bo‘lindi: birinchi guruh faqat Narkolyut, ikkinchi guruh esa Narkolyut bilan birga Kobavit qabul qildi. Jigar detoksikatsiya salohiyati antipirin preparatining farmakokinetik ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bachadon miomasiga ega bemorlarda jigar MOS faoliyati sezilarli darajada susaygan bo‘ladi. Narkolyut preparati MOS faoliyatidagi buzilishlarni to‘liq bartaraf eta olmaydi. Bachadon miomasini konservativ davolash samaradorligini oshirish maqsadida sintetik gestagenlarni Kobavit bilan birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.