DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/676 ISSN:

KICHIK BIZNES FAOLIYATIDA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDAGI TAVSIYA TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING SAVDO NATIJALARIGA TAʼSIRI

Tursunxoʻjayeva Gulnoza Jamoliddin qizi

Mazkur tezisda kichik biznes faoliyatida sun’iy intellekt asosidagi tavsiya tizimlaridan foydalanishning savdo natijalariga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda qidiruv xarajatlari, o‘rtacha chek, xarid chastotasi, mijoz saqlanuvchanligi va tavsiya algoritmlarining iqtisodiy samarasi o‘rganildi. Xalqaro tajriba va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tavsiya tizimlarining savdo samaradorligini oshirish imkoniyatlari baholandi. Natijalar ma’lumot sifati, gibrid algoritmlar va bosqichma-bosqich joriy etish kichik biznes uchun samarali yondashuv bo‘lganini ko‘rsatdi.

More from our Archive