KESKIN KONTINENTAL IQLIM SHAROITIDA YASHOVCHI TIZIMLI QIZIL YUGURIK BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KLINIK XUSUSIYATLARI, KECHISHI, LABORATOR KO'RSATKICHLARNI AHAMIYATI
Xamrayeva N.ATadqiqotning maqsadi - keskin kontinental iqlim sharoitida yashovchi bemorlarda tizimli qizil yugurikning klinik xususiyatlarini o‘rganishdir. Tadqiqot doirasida tizimli qizil yugurik tashxisi qo‘yilgan 80 nafar bemor (75 nafar ayol va 5 nafar erkak) statsionar davolanish bosqichida kuzatildi. ular Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi №3 qoshidagi Respublika revmatologiya markazida, Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi №1 revmatologiya bo‘limida hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining terapevtik bo‘limida davolangan bemorlardir. Keskin kontinental iqlim sharoitida tizimli qizil yugurik klinik ko‘rinishlarining polimorfizmi, erta rivojlanadigan vistceritlar, teri, bo‘g‘im va buyrak shikastlanishlarining yuqori uchrash chastotasi bilan tavsiflanadi. Tizimli qizil yugurikning barcha klinik belgilarining rivojlanishi yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanish FNOα oshishi, komplement C3 va C4 darajasining pasayishi immunologik faollikning ortishi fonida kechadi. Bu holat keskin kontinental iqlim sharoitida immun tizimining dezadaptatsiyasini ko‘rsatadi.