KAPITAL OʻSISHIGA TAʼSIR ETUVCHI ASOSIY FAKTORLARNI ANIQLASH
Norqulov Mirsaid Toʻlqin oʻgʻliMazkur tezisda kapital oʻsishiga taʼsir etuvchi asosiy ichki va tashqi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda foydalilik darajasi, dividend siyosati, kapital tuzilmasi, aktivlar samaradorligi hamda makroiqtisodiy muhitning korxona kapitali oʻsishiga taʼsiri baholandi. DuPont modeli va barqaror oʻsish tezligi modeli asosida kapital oʻsishini aniqlovchi moliyaviy koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligi oʻrganildi. Tahlil natijalarida foydalilik va taqsimlanmagan foyda kapital oʻsishining asosiy ichki manbasi ekanligi aniqlandi. Moliya bozori rivojlanishi va investitsion muhit kapital oʻsishini ragʻbatlantiruvchi muhim tashqi omillar sifatida baholandi. Tadqiqot asosida kapital oʻsishini boshqarishda kompleks yondashuvning iqtisodiy samaradorligi asoslandi.