DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a9228 ISSN: 3030-3559

KAMQONLIK BILAN XASTALANGAN TALABA QIZLARNI OVQATLANISH HOLATIGA QO‘QILGAN GIGIYENIK TALABLAR

Б.Б. Ортиков, Ш.Х. Тошева

Mazkur maqolada kamqonlik (anemiya) tashxisi aniqlangan talaba qizlarning ovqatlanish holatini gigiyenik baholash, oziq moddalar bilan ta’minlanganlikning ahamiyati hamda ovqatlanishni optimallashtirish masalalari ilmiy adabiyotlar aso-sida tahlil qilinadi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda temir tanqisligi rivojlanishiga hayz ko‘rish bilan bog‘liq fiziologik yo‘qotishlar, ratsionda temirga boy mahsulotlarning yetarli bo‘lmasligi va temirning o‘zlashtirilishiga ta’sir etuvchi ovqatlanish omillari sabab bo‘lishi mumkin. Maqolada gemoglobin va fer-ritin ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati, temirning biologik o‘zlashtirilishi, kalsiyning or-ganizmdagi fiziologik vazifalari hamda muvozanat-lashgan ovqatlanish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, pika, geofagiya, geosmin va petrikor tushunchalari, tuproq hidini yoqtirish bilan nooziq-ovqat moddalarini iste’mol qilish istagi o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida kamqonlikning oldini olish va ovqatlanishni korreksiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

More from our Archive