DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/604 ISSN:

JURJI ZAYDONNING TARIXIY ROMANLARI VA ULARNING ARAB MAٌ’RIFATCHILIGIDAGI Oٌ’RNI

Egamberdiyeva Sanobar Sherzod qizi, Rahimjanov Masrur Nugmanovich

Ushbu maqola XIX-XX asrlar chegarasida yashab ijod etgan mashhur livan-misr adibi, jurnalist va tarixchi Jurji Zaydon (1861–1914) ijodiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – adibning "Islom tarixi romanlarda" (Rivatat Tarix al-Islom) turkumiga kiruvchi asarlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro nisbatini tahlil qilishdir. Maqolada Zaydonning didaktik (ta’limiy) yondashuvi, uning arab xalqi tarixiy ongini shakllantirishdagi xizmatlari va "Al-Hilol" jurnali orqali amalga oshirgan ma’rifatchilik faoliyati yoritiladi. Shuningdek, uning asarlaridagi "sevgi va urush" formulasi hamda Valter Skott va Aleksandr Dyuma an’analarining sharqona talqini ko‘rib chiqiladi.

More from our Archive