DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/601 ISSN:

JOHILIYAT DAVRI SHE’RIYATIDA “TUYA” VA “SAHO” OBRAZLARINING BADIIY TALQINI

Olimova Maftuna Suyunduq qizi, Rahimjanov Masrur Nugmanovich

Mazkur maqola arab adabiyoti tarixining eng qadimiy va boy davri – Johiliyat zamoniga mansub "Muallaqot" (Osib qo‘yilgan qasidalar) turkumidagi asarlarda "tuya" (an-noqa) va "sahro" (as-sahro / al-bidiya) obrazlarining badiiy funksiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Imru’ul Qays, Tarafa ibn al-Abd va Labid kabi shoirlar ijodi misolida sahro peyzaji va tuya tavsifining shunchaki realistik tasvir emas, balki shoir ruhiyati, sabr-bardoshi va hayot falsafasini ifodalovchi murakkab ramzlar tizimi ekanligi yoritib beriladi. Maqolada klassik qasidaning tarkibiy qismi bo‘lgan "rahil" (sayohat) janrining estetik xususiyatlari tahlil qilinadi.

More from our Archive