JIGAR TRANSPLANTATSIYASIDAN SO‘NG BE- MORLARNING OG‘IZ BO‘SHLIG‘I HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH: ZAMONAVIY TASVIRIY TEKSHIRUV USULLARINI QO‘LLASH BILAN FANLARARO YONDASHUV
Boltayev Sanjarbek Tolliboy oʻgʻliJigar transplantatsiyasidan so‘ng bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash zamonaviy transplantologiya va stomatologiya fanlarining kesishgan nuqtasida muhim o‘rin egallaydi. Immunosupressiv terapiya, metabolik disbalans, oksidlovchi stress va mikrobiotsenoz o‘zgarishlari og‘iz shilliq qavati morfologiyasi va funksional ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — jigar transplantatsiyasidan so‘ng bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i holatini klinik, mikrobiologik, immunobiokimyoviy va tasviriy diagnostika usullari yordamida kompleks baholashdir. 72 nafar posttransplantatsion bemorlar (asosiy guruh) va 40 nafar sog‘lom shaxslar (nazorat guruhi) o‘rtasida olib borilgan tekshiruvlar natijasida og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish, disbiotik va distrofiya holatlari yuqori darajada aniqlangan. Fotodinamik diagnostika, konfokal mikroskopiya va CBCT (Cone-Beam Computed Tomography) natijalari immunosupressiv terapiya bilan bog‘liq strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash imkonini berdi. Fanlararo yondashuv posttransplantatsion parvarishda individual reabilitatsiya algoritmlarini ishlab chiqishga imkon yaratadi.