IX-XII ASRLAR MARKAZIY OSIYO RENESSANSIDA ARAB TILINING ILMIY MULOQOT TILI SIFATIDAGI O‘RNI
Saydiqaxxorova Kamola Bahtiyorovna, Rahimjanov Masrur NugmanovichUshbu maqola IX-XII asrlarda yuz bergan "Sharq Uyg‘onish davri" (Sharq Renessansi) fenomenida arab tilining funksional vazifasini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda nima sababdan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi etnik jihatdan arab bo‘lmagan Markaziy Osiyo mutafakkirlari o‘zlarining fundamental ilmiy asarlarini aynan arab tilida yozganliklari tarixiy va lingvistik faktlar asosida tahlil qilinadi. Arab tilining o‘rta asrlardagi "Lingua Franca" (xalqaro muloqot tili) sifatidagi maqomi, uning terminologik boyligi va "Bayt al-hikma" (Donishmandlar uyi) faoliyatining mintaqa ilm-faniga ta’siri yoritib beriladi. Maqola arab tilining nafaqat diniy, balki ilm-fan va falsafa tili sifatida shakllanishida aynan ajam (noarab) olimlarining xizmati katta ekanligini asoslaydi.