“ISM AL-ALA” YASASH QOIDALARI VA ZAMONAVIY TERMINLARDA QO‘LLANISHI
Amatova Xadicha Mammatrasul qizi, Fayziyev Shamsuddin SadriddinovichUshbu maqolada arab tilidagi Ism al-ala kategoriyasining lingvistik va grammatik xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ism al-alaning asosiy vazifasi, ya’ni fe’l orqali ifodalangan harakatni bajarishga xizmat qiluvchi vosita, qurilma yoki mexanizm nomini yaratishdagi roli yoritiladi. Maqolada Ism alala yasalishining asosiy morfologik qoliplari — mif‘al, mif‘alah, mif‘āl, faālah, fā‘il — tarixiy hamda zamonaviy misollar asosida atroflicha sharhlanadi. Shuningdek, fan-texnika, tibbiyot, axborot texnologiyalari kabi zamonaviy sohalarda Ism alalaning faol qo‘llanilishi, yangi terminlar yaratishdagi imkoniyatlari va leksiksemantik taraqqiyotga ta’siri asosli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari Ism al-alaning arab tilidagi so‘z yasalish tizimi va terminologiya rivojidagi ahamiyatini chuqur ochib beradi.