DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/201 ISSN:
INVESTITSIYA JARAYONLARINI HUDUDIY BOSHQARISHNING XORIJIY TAJRIBASI: NAMANGAN VILOYATI UCHUN AMALIY IMKONIYATLAR
Ibrohimov Behzodbek Baxromjon oʻgʻliMazkur tadqiqotda investitsiya jarayonlarini hududiy boshqarishning xorijiy tajribasi tahlil qilindi va uning Namangan viloyati sharoitida qoʻllash imkoniyatlari baholandi. Janubiy Koreya, Polsha va Xitoy tajribalari qiyosiy oʻrganilib, investitsiya siyosatining institutsional va iqtisodiy mexanizmlari aniqlandi. Natijalar hududiy rivojlanish samaradorligi investitsiya resurslarini oqilona taqsimlash va infratuzilmani rivojlantirish bilan bogʻliqligini koʻrsatdi. Tadqiqot asosida hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirish hamda iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy xulosalar shakllantirildi.