INSON KAPITALINI SHAKLLANTIRISHDA FAN VA TAʼLIM OʻZARO HAMKORLIGINING KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDAGI ROLI
Azimov Tolmas NematullayevichMaqolada inson kapitalini shakllantirishda fan va taʼlim institutlari oʻrtasidagi hamkorlikning roli nazariy va qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. T. Schultz va G. Becker konsepsiyalari asosida inson kapitalining tarkibiy modeli tavsiflandi. Etzkowitz va Leydesdorffning Triple Helix modeli institutlararo oʻzaro aloqalarni baholashda qoʻllanildi. OECD, UNESCO va Jahon banki maʼlumotlari asosida xalqaro tajribalar oʻrganildi hamda Finlyandiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Singapur modellari Oʻzbekiston amaliyoti bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijasida taʼlim-fan-sanoat integratsiyasi kadrlar sifatini oshirishning muhim omili sifatida aniqlandi. Taʼlim tizimini rivojlantirish va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish boʻyicha amaliy yoʻnalishlar ishlab chiqildi.