DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/568 ISSN:
IMOM SIBAVAYH IJODI VA ARAB TILIGA QO‘SHGAN HISSASI
G‘ayratov Shaxzodbek Otabek oʻgʻli, Xashimova Mohira AbdusattorovnaUshbu maqola Imom Sibavayhning ilmiy ijodini va arab tili grammatikasiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Sibavayhning asosiy asari “Al-Kitob” va uning arab tili grammatika tizimidagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, uning tilshunoslik, morfologiya va sintaksis sohalaridagi yutuqlari, arab tili grammatikasini tizimli ravishda shakllantirishdagi roli, hamda keyingi asrlar arab olimlariga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari tilshunoslik tarixida Imom Sibavayhning o‘rni va arab tili grammatikasini rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritadi.