DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/646 ISSN:

IJTIMOIY LINGVISTIK VARIATSIYANING LEKSIKOGRAFIK TAVSIFI TIZIMI HAQIDA

Nasirov Davronbek Palvannazirovich

Maqolada lisoniy o‘zgaruvchanlikni sosiolingvistik nuqtai-nazardan leksikografik talqin qilishning yagona qoida-me’yorlari yo‘g‘ligi haqida gap boradi. Jumladan, leksikografik talqin berishda lisoniy variantlarning stilistik va semantik farqlanishini ko‘rsatish zarurati yuzaga keladi. Sosiolingvistik variativlikni leksikografik talqin qilish uchun muhim ahamiyatga kasbiy (professional) til va sosiolekt tushunchalarni farqlash zarurdir. Kasbiy tilning tabiyatini aniqlashda ikkita tamoyil belgilanadi: birinchisi adabiy tilning subtili sifatida qaraladigan kasbiy tilni va sosiolektni alohida ajratib ko‘rsatadi, ularni bir biridan farqlaydi, ikkinchisi esa kasbiy tilni o‘zini alohida o‘rganmasdan, uni ma’lum mezonlar, jumladan, kasbiy tillar bo‘yicha chegaralangan sosiolektlar doirasida ko‘rib chiqadi.

More from our Archive