IBN MOLIKNING “ALFIYA” ASARI VA NOSIR AL-MUTARRIZIYNING “RISALATUN FI-N-NAHV” ASARI: QIYOSIY TAHLIL
Abduraximova Mubinaxon Erkinjon qizi, Raxmonov Azimjon KomilovichMazkur maqolada klassik arab tilshunosligining ikki yirik namoyandasi – Ibn Molik va Nosir al-Mutarriziyning nahv ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Ibn Molikning “Alfiya” hamda Nosir alMutarriziyning “Risalatun fi-n-nahv” asarlarining yaratilish tarixi, tuzilishi, mazmuni va grammatik masalalarni yoritish uslublari o‘rganiladi. Shuningdek, har ikki asarda nahv terminologiyasidan foydalanish, grammatik qoidalarni bayon etish metodlari, dalillash usullari hamda ularning ta'limiy va ilmiy ahamiyati qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida «Alfiya»ning didaktik yo‘nalishi va “Risalatun fi-n-nahv”ning ilmiy-nazariy xususiyatlari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, ularning klassik arab grammatikasi taraqqiyotidagi o‘rni hamda zamonaviy arab tilini o‘qitish metodikasidagi ahamiyati yoritiladi.