DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/194 ISSN:

HUDUDLARNING BARQAROR RIVOJLANISHINI BAHOLASHDA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI

Sattorov Sanjar Abdumurodovich

Maqolada hududlarning barqaror rivojlanishini baholashda qoʻllaniladigan ekonometrik modellashtirish usullari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda panel regressiya, dinamik GMM, panel ARDL va fazoviy ekonometrik modellar imkoniyatlari hududiy iqtisodiy koʻrsatkichlar asosida baholangan. Statistik usullar yordamida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik indikatorlarning oʻzaro bogʻliqligi aniqlangan. Tahlil natijalarida fazoviy modellar hududlararo taʼsirlarni, dinamik modellar esa iqtisodiy koʻrsatkichlarning inertsial xususiyatlarini samarali ifodalagani qayd etilgan. Integral indekslarni shakllantirishda entropiya ogʻirligi va TOPSIS usullarining amaliy ahamiyati asoslangan. Tadqiqot hududiy monitoring tizimini takomillashtirish hamda iqtisodiy qarorlarni dalillarga asoslangan holda ishlab chiqish uchun metodologik tavsiyalar bergan.

More from our Archive