HUDUDLARDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH VA RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA)
Quldosh Nasirillayevich ShadmonovMaqolada hududlarda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish masalalari Sirdaryo viloyati misolida o‘rganiladi. Korxonalarning barqarorligi moliyaviy oqimlarni boshqarish, xarajatlarni maqbullashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini ta’minlash, raqamli savdodan foydalanish va mahalliy kooperatsiyani rivojlantirish bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy hududiy ko‘rsatkichlar, tizimli yondashuv, qiyosiy va mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar iqtisodiy o‘sishning o‘zi korxonalar moliyaviy barqarorligini avtomatik ta’minlamasligini, buning uchun korxona darajasidagi boshqaruv salohiyati va hududiy biznes infratuzilmasini uyg‘un rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Maqola yakunida tadbirkorlar, hududiy boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.