DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/191 ISSN:

HUDUDLAR KESIMIDA IQTISODIY RIVOJLANISH TAFOVUTLARINI KAMAYTIRISHDA RAQAMLI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich

Mazkur tezisda hududlar kesimida iqtisodiy rivojlanish tafovutlarini kamaytirishda raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari tahlil qilindi. Tadqiqotda mobil keng polosa tarmoqlari, optik tolali aloqa, maʼlumotlar markazlari va raqamli xizmatlarning hududiy iqtisodiyotga taʼsiri baholandi. Xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda Oʻzbekistonning strategik dasturlari asosida hududiy raqamli transformatsiyaning asosiy koʻrsatkichlari oʻrganildi. Tahlil natijasida mobil aloqa qamrovi, 5G xizmatlari, elektron hukumat tizimi va internet infratuzilmasining kengayishi hududiy iqtisodiy muvozanatni mustahkamlashga xizmat qilgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida optik tarmoqlarni kengaytirish, hududiy maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish, raqamli savodxonlikni oshirish hamda telekommunikatsiya infratuzilmasiga investitsiyalarni faollashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

More from our Archive