DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/196 ISSN:

HUDUDIY IJTIMOIY-IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLARNI DIAGNOSTIKA QILISHDA RAQAMLI MONITORING TIZIMLARINING ANALITIK IMKONIYATLARI VA SAMARADORLIK DARAJASI

Karimova Shirin Zoxid qizi

Ushbu tezisda hududiy nomutanosiblikni aniqlashda raqamli monitoring tizimlaridan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda anʼanaviy statistik usullar bilan raqamli monitoring tizimlari solishtirilib, ularning afzalliklari va cheklovlari koʻrib chiqildi. Katta maʼlumotlar, sunʼiy intellekt va GIS texnologiyalari yordamida hududlar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni tez va aniq aniqlash, real vaqtga yaqin sharoitda tahlil qilish imkoniyatlari yoritildi. Raqamli monitoring tizimlarining boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli va amaliy samaradorligi Oʻzbekiston sharoitida baholandi. Natijada, ushbu tizimlar hududiy nomutanosiblikni kamaytirishda muhim va samarali vosita ekanligi asoslab berilgan.

More from our Archive