HOVUZ BALIQCHILIGINI INTENSIVLASHTIRISH KOʻRSATKICHLARINI SHAKLLANTIRISH
Dusmuratov Raxmon Radjapbay oʻgʻliMaqolada hovuz baliqchiligini intensivlashtirish koʻrsatkichlari nazariy va amaliy jihatdan asoslandi. Ishlab chiqarish samaradorligiga taʼsir etuvchi texnologik, tashkiliy hamda iqtisodiy omillar tizimli tahlil qilindi. Ekstensiv, yarim intensiv va intensiv usullar mahsuldorlik koʻrsatkichlari asosida qiyoslandi. Intensiv texnologiyada sunʼiy oziqlantirish, ilmiy asoslangan baliqlantirish zichligi, polikultura va melioratsiya tadbirlari qoʻllanilishi mahsuldorlikning keskin oshishiga olib kelgani koʻrsatildi. Intensivlashtirish koʻrsatkichlari daraja, natijaviy va iqtisodiy samaradorlik guruhlariga ajratildi hamda uch darajali iqtisodiy baholash tizimi ishlab chiqildi. Olingan natijalar hovuz xoʻjaliklari faoliyatini rejalashtirish va baholashda qoʻllash uchun amaliy asos yaratdi.