DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/643 ISSN:
GLOBALIZATSIYANING O‘ZBEK TILIGA TA’SIRI TO‘G‘RISIDA
Abdunazarov Otabek, Nagimova GuzalGlobalizatsiya, jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan holda, turli xalqlarning tili va madaniyatiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Oʻzbek tili ham, boshqa koʻplab tillar kabi, axborot almashinuvi, texnologiyalar rivojlanishi va dunyo hamjamiyatiga integratsiya jarayonlari natijasida oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda. Globalizatsiyaning oʻzbek tiliga ta’siri turli shakllarda namoyon boʻladi: soʻzlarning oʻzlashtirilishi, rus tilining kundalik hayotda ishlatilishi va yoshlar orasida yangi til tendensiyalarining paydo boʻlishi. Ushbu maqolada, bu jarayonlarning oʻzbek tilini saqlash va rivojlantirishga qanday ta’sir koʻrsatishi, tez rivojlanayotgan texnologik va madaniy oʻzgarishlar sharoitida qanday shakllanib borishi koʻrib chiqiladi.