DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/540 ISSN:
FRANSUA RABLE VA JONATAN SVIFT IJODIDA HAJVIYA ORQALI MA'RIFATPARVARLIK MOTIVLARI TALQINI
Yuldoshova Shaxnoza Azimboyevna, Orcid ID 0009-0009-9553-6353Ushbu maqolada Fransua Rable va Jonatan Sviftning satirik ijodida maʼrifatparvarlik motivlarining badiiy talqini qiyosiy-tahliliy usulda oʻrganiladi. Tadqiqot davomida ikkala yozuvchining asosiy asarlari – Rableʼning Gargantua va Pantagruel romani va Sviftning Gulliverning sayohatlari hamda Bir irland bolasiga kamtar taklif pamfletlari misolida hajviyaning pedagogik, siyosiy va falsafiy vazifasi tahlil etiladi. Maqolada ikkala muallif ijodi oʻrtasidagi tipologik mushtaraklik va farqlar koʻrsatilib, hajviyaning jamiyatni isloh qilish va insonni erkin fikrlashga undash quroliga aylantirilganligi isbotlanadi.