DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/475 ISSN:
ERKIN VOHIDOV VA IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA OBRAZLAR TIZIMI TAHLILI
Dilnoza AbdixomidovaMazkur maqolada Erkin Vohidov va Iqbol Mirzo she’riyatida milliy ruh, tarixiy xotira hamda zamonaviy poetik tafakkurning badiiy talqini qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Shoirlar ijodida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, tarixiy merosga sadoqat va inson ma’naviyati masalalarining poetik ifodasi yoritiladi. Shuningdek, ularning asarlaridagi obrazlar tizimi, ramziy timsollar va badiiy-estetik vositalar orqali milliy g‘oya hamda zamon ruhi ifodalanishining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asosda ochib beriladi.