DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/649 ISSN:
ERKIN VOHIDOV SHE’RLARIDA ASSOTSIATIV BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI
Bo‘riyeva MunisxonMaqolada Erkin Vohidov she’rlarida assotsiativ aloqa ko‘rinishlari va assotsiativ birliklar inson xotirasida bir-birini tiklovchi, yodga soluvchi birliklar bo‘lib, inson ongida o‘xshashlik, yondoshlik va shu kabi boshqa umumiy belgilari asosida assotsiativ bog‘langan birliklar juftligini hosil qilishi haqida yoritib berishga harakat qilingan. Tilshunoslikda badiiy matnni assotsiativ aspektda o‘rganishning ahamiyatini yoritish, olamning badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning roliga baho berish, assotsiativ birliklarning muallif lisoniy shaxsini yuzaga chiqarishdagi ahamiyatini ochib berishi yoritilgan.