DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/469 ISSN:
ERKIN VOHIDOV POETIK TAFAKKURINING BUGUNGI TALQINI
Surayyo EshonqulovaMazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Erkin Vohidovning poetik tafakkuri “O‘lmas edi balki odamzod” she’ri misolida falsafiyestetik va zamonaviy talqin nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Asarda inson umrining foniyligi va ma’naviy abadiyligi, shaxs va jamiyat munosabati, insonning axloqiy mas’uliyati, vijdon, adolat, sabr, nafs, jaholat, adovat va ruhiy tanazzul kabi umuminsoniy masalalarning badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi.