DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/484 ISSN:
ERKIN VOHIDOV IJODINING OZOD SHARAFIDDINOV TALQINIDAGI BADIIY-ESTETIK QIYMATI
Sirojiddin SamandarovMazkur tezisda Erkin Vohidov ijodining Ozod Sharafiddinov adabiy-tanqidiy qarashlari asosidagi talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir she’riyatining milliylik, tarixiy xotira, fuqarolik pozitsiyasi, vijdon va insoniy mas’uliyat kabi g‘oyaviy-estetik xususiyatlari yoritiladi. Ozod Sharafiddinovning Erkin Vohidov ijodiga bergan ilmiy baholari asosida shoirning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, milliy ongni shakllantirishdagi xizmatlari hamda so‘z va vijdon uyg‘unligini ifodalashdagi badiiy mahorati tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Erkin Vohidov she’riyatining zamonaviy o‘zbek adabiy tafakkuri va adabiy tanqid rivojidagi ahamiyatini ochib beradi.