DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/485 ISSN:
ERKIN VOHIDOV IJODIDA “RUHLAR ISYONI” MOTIVLARI VA ULARNING BADIIY TALQINI
Dilhayot SotiboldiyevMazkur tezisda Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni yaratilish tarixi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Asarda bengal shoiri Nazrul Islom obrazi orqali erk, adolat, inson qadrqimmati va ruhiy ozodlik g‘oyalari badiiy talqin etilgani yoritiladi. Shuningdek, dostonning kompozitsion tuzilishi, rivoyatlar tizimi, ramziy obrazlar va falsafiy mushohadalarning badiiy-estetik ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotda adabiy tanqidchilar baholari hamda ijodkorning badiiy haqiqatni yaratishdagi izlanishlari asosida “Ruhlar isyoni” dostonining zamonaviy o‘zbek dostonchiligi taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslanadi.