DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/671 ISSN:
ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLIYLIK VA MAʼNAVIYATNING UYG‘UNLIGI
Kadirova Mashhura Mirzaakbarovna, Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasiUshbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida milliylik va ma’naviyat masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma’naviy kamolot hamda umuminsoniy g‘oyalarning badiiy ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Asarlardagi obraz va timsollar, shakl va mazmun uyg‘unligi, shuningdek, xalq ruhiyati va milliy tafakkurning poetik ifodasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida Erkin Vohidov ijodi o‘zbek adabiyotida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etish va estetik tafakkurni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi.