DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/620 ISSN:
ERKIN VOHIDOV IJODIDA MILLAT VA MILLIYAT TALQINI
Avazov Normurod HakimovichUshbu maqolada Erkin Vohidov ijodida millat, milliyat, inson, vatan va ona tili tushunchalarining badiiy hamda maʼnaviy talqini tahlil qilinadi. Shoir asarlarida milliy oʻzlikni anglash, xalqning tarixiy xotirasi, inson qadr-qimmati, tilning millat hayotidagi oʻrni va vatanparvarlik gʻoyalari yoritiladi. Xususan, "Oʻzbegim", "Inson", "Ona tilim oʻlmaydi", "Ruhlar isyoni" kabi asarlar misolida shoirning millat manfaatlari, inson huquqlari, erkinlik va maʼnaviy uygʻonish haqidagi qarashlari ochib beriladi. Tadqiqotda Erkin Vohidovning milliy tafakkurni yuksaltirish, ona tili nufuzini mustahkamlash va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishdagi badiiy mahorati ilmiy asosda baholanadi.