DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/464 ISSN:
ERKIN VOHIDOV IJODI HAMDA BADIIY PUBLITSISTIKA
Shukrullo Jo‘rayevMazkur tezisda Erkin Vohidov ijodida badiiy publitsistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, uning g‘oyaviy-estetik mohiyati hamda o‘zbek publitsistikasi taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirning publitsistik qarashlari, ijtimoiy hayot, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va ma’naviyat masalalarini yoritishdagi badiiy mahorati yoritiladi. Shuningdek, badiiy publitsistika janrining nazariy asoslari, uning lirika bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda Erkin Vohidovning ushbu yo‘nalishda XX asr o‘zbek adabiyotidagi ilg‘or an’analarni davom ettirishdagi hissasi ilmiy asosda baholanadi. Tadqiqot natijalari shoir publitsistikasining zamonaviy o‘zbek adabiyoti va ijtimoiy tafakkur rivojidagi ahamiyatini ochib beradi.