CHO‘LPON HIKOYALARIDA REALISTIK POETIKA VA RAMZIY OBRAZLAR (“Qor qo‘ynida lola” hikoyasi misolida)
Mohiraxon ZokirovaMazkur maqolada Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasining badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari hamda unda jadidchilik g‘oyalarining ifodalanishi tahlil etilgan. Tadqiqotda hikoyaning ramziy obrazlari, xususan, qor va lola timsollarining semantik mazmuni ochib berilib, ular orqali XX asr boshlaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, jaholat, ilmsizlik va milliy uyg‘onish g‘oyalari yoritiladi. Shuningdek, Sharofatxon obrazi misolida ayol taqdiri, ijtimoiy adolatsizlik, diniy mutaassiblik va oilaviy muammolarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda ota-ona mas’uliyati, ayolning jamiyatdagi o‘rni hamda ma’rifatning inson va millat taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijasida Cho‘lpon hikoyachiligida ramziy tasvirlar, psixologik tahlil va realistik uslub vositasida xalqning erk va ozodlikka intilishi hamda milliy o‘zlikni anglash g‘oyalari yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangani xulosalanadi.