CHET (ARAB) TILINI O‘QITISHDA TARJIMAGA TAYANISH MUAMMOSI VA SAMARALI INNOVATSION METODLAR ORQALI UNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Abdusalomova Xulkaroy Kodirjon qizi, Nuriddinov Hojiakbar, “Al-Azhar” kafedrasiUshbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatishda tarjima vositasiga ortiqcha tayanishdan kelib chiqadigan metodik muammolar, uning o‘quv jarayoniga ta’siri va ushbu muammoni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda yoritiladi. O‘qituvchi tomonidan ona tilidan keng foydalanish natijasida talabalarda shakllanadigan tarjimaga asoslangan fikrlash, muloqotdagi sustkashlik va fonetik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada kommunikativ ta’lim yondashuvi, CLIL metodikasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metod, AR/VR ta’lim vositalari, sun’iy intellektga asoslangan resurslar va multimediya texnologiyalarining samaradorligi ilmiy jihatdan baholanadi. O‘zbekiston ta’lim amaliyoti misolida vosita tilga qaramlikning oldini oluvchi innovatsion yechimlar, metodik tavsiyalar va ta’limning integrativ shakllari taklif etiladi.