DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/184 ISSN:

CHAKANA SAVDO KORXONALARIDA XIZMAT SIFATI VA BREND IMIJI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK

Roʻzimatov Shoxboz Hamdambek oʻgʻli

Maqolada chakana savdo korxonalarida xizmat sifati va brend imiji oʻrtasidagi nazariy-konseptual munosabatlar oʻrganildi. Tadqiqot asosini SERVQUAL oʻlchov modeli, Keller brend kapitalining konseptual tizimi hamda xizmat marketingining zamonaviy nazariyalari tashkil etdi. Xizmat sifatining beshta komponenti - ishonchlilik, javob berish qobiliyati, kafolat, empatiya va moddiy koʻrsatkichlar - brend imijining shakllanish mexanizmlariga taʼsiri nazariy jihatdan tahlil qilindi. Vositachi oʻzgaruvchilar sifatida isteʼmolchi qoniqishi, ishonch va sadoqat, idrok etilgan qiymat hamda xizmat muhiti omillari alohida koʻrib chiqildi. Xizmat sifati yuqori boʻlgan korxonalarda brend imijining mustahkamroq shakllanishi konseptual asoslandi. Chakana savdo sohasida brend strategiyasini xizmat sifati bilan integratsiyalashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

More from our Archive